Mehmon skanerlaydi. Soʻrov panelingizga tushadi.

Xonadagi bitta QR: Wi‑Fi paroli, taksi, xonaga ovqat va resepshn bilan chat. Mehmon ilova oʻrnatmaydi, roʻyxatdan oʻtmaydi — kamerani tutadi, xolos.

Safora mehmon ilovasi: bosh sahifa — xizmatlar, taksi va resepshn bilan chat
Safora Demo HotelXona101

Skanerlang:
Wi‑Fi · taksi · ovqat · chat

scan.safora.uz

Mehmon telefonida nima bor

Qaysi xizmat yoniq boʻlishini panelda oʻzingiz tanlaysiz. Mehmon faqat yoqilganlarini koʻradi.

  • Wi‑Fi

    Tarmoq nomi va paroli bir bosishda.

  • Xonaga ovqat

    Menyudan tanlaydi, buyurtma oshxonaga tushadi.

  • Restoran

    Menyu, narxlar va ish vaqti.

  • Taksi

    Manzilni yozadi, mashina mehmonxonaga keladi.

  • Tozalash

    Qulay vaqtni tanlab chaqiradi.

  • Resepshn bilan chat

    Savol yozadi, javob panelda.

  • Spa va hovuz

    Ish vaqti, narxlar, muolajalar.

  • Oʻz xizmatingiz

    Roʻyxatda yoʻq xizmatni qoʻshasiz.

Resepshn hammasini bitta taxtada koʻradi

Yangi soʻrov darhol chiqadi. Xizmat, oshxona va taksi buyurtmalari holati bilan, chat ham shu panelda.

Safora QR paneli: buyurtmalar taxtasi

Qanday boshlanadi

  1. 1-qadam

    QR’ni chop eting

    Panel har xonaga oʻz QR’ini beradi: A4 varaq, har varaqda 6 ta stiker.

  2. Mehmon telefonida ochilgan Safora sahifasi: xizmatlar roʻyxati
    2-qadam

    Mehmon kamerani tutadi

    Sahifa darhol ochiladi: ilova oʻrnatilmaydi, oʻzbek, rus va ingliz tilida.

  3. Safora QR paneli: buyurtmalar taxtasining «Jarayonda» ustuni
    3-qadam

    Resepshn koʻradi va bajaradi

    Xizmat, oshxona va taksi buyurtmalari bitta taxtada, holati bilan. Chat ham shu yerda.

Demo soʻrash

Kerak boʻladi: xonalar roʻyxati va printer.